21:34 / 22.05.2023
158

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari davom etmoqda

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari davom etmoqda 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 1 iyun “Xalqaro bolalar kuni” arafasida joriy yilning 19 may kuni “Farhod dehqon bozori” hududida arzonlashtirilgan tovar moddiy boyliklar yarmarkasi tashkillashtirildi.
Yarmarkada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15 iyul 2009 yildagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan jami 200 ta ijro hujjatlari yuzasidan davlat daromadiga o‘tkazilishi belgilangan 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan tovar moddiy boyliklar savdoga olib chiqildi.
Tashkil etilgan yarmarkada iste’molchilarning ehtiyojlari hamda bozor talabidan kelib chiqib, bolalar va kattalar kiyim-kechaklari, maishiy texnika vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari va boshqa turdagi tovar moddiy boyliklar sotuvga qo‘yildi.
O‘tkazilgan yarmarka savdolarida jami 200 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 200 mln. so‘mdan ortiq tovar-moddiy boyliklar sotildi. 
Arzonlashtirilgan yarmarka savdolari davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari davom etmoqda
ePN