Bola tug‘ilishi bilan maktabga onlayn hisobga qo‘yilishi tartibi joriy etiladi


Foto: O‘zA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab bola tug‘ilishi bilan doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga onlayn hisobga qo‘yiladi.
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi.
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablari tashkil qilinadi.
2024 yil 1 apreldan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgandi.
Yuqori sinflarda fanlar soni 3 taga qisqarib, 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani joriy etiladi. Pedagoglarni sertifikatlash, direktorlarni esa «Direktorlar kengashi» tavsiyasi asosida lavozimga tayinlash boshlanadi. XTBlarning maktablar faoliyatini tekshirish vakolati bekor qilinib, bu huquq yangi ochilgan Ta’lim markaziga o‘tkaziladi.































Izohlar 0
…