date
views 314

Noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan haydovchi ishga tiklandi

Noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan haydovchi ishga tiklandi
Navoiyda joriy yilda yana 45 nafar ishchi-xodimlar ham o‘z ishiga qaytishdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir shaxs mehnat qilishi, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
 
Shu bois, fuqarolar va ishchi-xodimlarning huquqlari buzilgan taqdirda taraflar manfaati sud va boshqa organlar tomonidan himoyalanadi.
 
Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida sud qarorlari asosida 45 nafar fuqarolarning ishga tiklanishi ta’minlandi.
 
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining fuqaro I.B.ni Respublika tez tibbiy yordam markazi Navoiy viloyati filiali haydovchisi vazifasiga ishga tiklash haqidagi ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida fuqaro I.B. ishga tiklandi.
 
Kelgusida ham Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquqlari himoya qilinib, sud qarorlarini o‘z vaqtida va so‘zsiz ijrosi ta’minlanib kelinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan haydovchi ishga tiklandi