Singapur prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)

Singapur prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqida O‘zA xabar bermoqda.
Singapur prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Singapur prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi
© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova va boshqa rasmiylar kutib olishdi.
Singapur prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Singapur prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi
© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Unda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat yetakchi kompaniya va bank institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalariga ko‘maklashish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Singapur prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Singapur prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi
© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Shuningdek, Halima Yaqub O‘zbekiston Senati raisi, diniy konfessiyalar rahbarlari bilan uchrashishi, ishbilarmon doiralar biznes-forumining ochilishida hamda qo‘shma ta’lim markazi faoliyatining taqdimotida ishtirok etadi.
Singapur prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Singapur prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi
© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Bundan tashqari, Singapur prezidenti Samarqand shahriga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yilning yanvar oyida davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lgan edi. Halima Yaqubning O‘zbekistonga tashrifi javob tashrif hisoblanadi.
Singapur prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Singapur prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi
© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar