date

Ehromdagi kishining taglik(pampers)dan foydalanishi joizmi?

Ehromdagi kishining taglik(pampers)dan foydalanishi joizmi?
SAVOL:
Otam siydik ushlay olmaydi. Shuning uchun pampers taqib yuradi. Ehromda ham shunday yursa bo‘ladimi?
 
JAVOB:
Agar zarurat bo‘lsa, taglik(pampers) taqsa bo‘ladi. Faqat taglikning hozirgi kunda turli shakllari chiqib ketgan. Ichki kiyimga o‘xshab tayyorlangani emas, odatiy taglikni taqishi mumkin. Chunki pampers odatda kiyiladigan kiyim hisoblanmaydi. Agar badanini biror kasallik tufayli mato bilan bog‘lab olsa, zarari yo‘q. Chunki ehromdagi erkak tikilmagan kiyim kiyishdan qaytarilmagan. Agar biror uzrsiz bog‘lasa, makruh bo‘ladi. (“Tatarxoniya”, “Badoye’”).
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Ehromdagi kishining taglik(pampers)dan foydalanishi joizmi?