Prezident administratsiyasi shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Toshkentning Yangihayot tumanida 12 yoshli qizchani vahshiylarcha o‘ldirgan xavfli retsidivist jinoyatchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganiga munosabat bildirdi.
“Ha, bu jazo qizaloqning ota-onasi tortayotgan azoblarni yumshatmaydi, yo‘qotishlar o‘rnini qoplay olmaydi. Ammo bu – jamoatchilik nazorati ostida qabul qilingan adolatli sud qaroridir. Hech qanday zo‘ravonlik jazosiz qolmasligi kerak. Qonunlar nafaqat jazolash, balki bunday dahshatli jinoyatlarning oldini olish uchun ham ishlashi kerak”, – deya yozdi Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida.
Bugun, 26 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi qizaloqni avvaliga zo‘rlab, keyin o‘ldirgan qotilga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
U Jinoyat kodeksining ma’muriy nazorat qoidalarini buzish, nomusga tegish, qasddan odam o‘ldirish va boshqa moddalarida aybdor deb topildi. Sudlanuvchi o‘ta xavfli retsidivist deya belgilandi.
Jamoatchilikni junbushga keltirgan voqea shu yil 31 yanvarida Toshkentning Yangihayot tumanida ro‘y bergan edi. Maktabga ketgan qiz uyiga qaytib kelmagandi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, qotil uning qo‘shnisi bo‘lgan, qiz yashagan uyda muqaddam ustachilik qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy mamlakatlarni jungli qonunidan voz kechishga chaqirdi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Tramp: Rossiya Gitler va Napoleonni mag‘lub etgan, Moskva mag‘lubiyatini kutishning hojati yo‘q
Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Chexiya prezidenti: "Urush oqibatida Ukraina hududlarini yo‘qotadi”
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi