date
views 129

Toshkent viloyatida Spark bilan to‘qnashgan “VAZ-2106” ag‘darilib ketdi

Toshkent viloyatida Spark bilan to‘qnashgan “VAZ-2106” ag‘darilib ketdi
Foto: Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati
Toshkent viloyati Parkent tumanida 27 may kuni Spark bilan to‘qnashgan “VAZ-2106” ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, haydovchi K.M. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2106”da Parkent—Yangibozor yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Bu vaqtda chapga burilish mumkin bo‘lgan joydan burilib olayotgan haydovchi R.D. boshqaruvidagi Spark bilan to‘qnashuv sodir qilgan.
 
To‘qnashuvdan so‘ng “VAZ-2106” avtoulovi ag‘darilib ketgan. Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida “VAZ-2106”da bo‘lgan 1989 va 2000 yilda tug‘ilgan ikki nafar yo‘lovchiga Yuqori Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. YHXB 4 nafar shaxs vafot etgani haqidagi ma’lumotni rad etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida Spark bilan to‘qnashgan “VAZ-2106” ag‘darilib ketdi