06:00 / 31.05.2023
379

Termizda avtosalon rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamog‘ga olingani ma’lum bo‘ldi

Termizda avtosalon rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamog‘ga olingani ma’lum bo‘ldi
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan avtosalon rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
 
Ta’kidlanishicha, bu haqda internetda xabar e’lon qilingach, prokuratura munosabat bildirgan.
 
Viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan 'Surxondaryo Avtosanoat Agrotexservis' MCHJ rahbari Yo.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi 'a' bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Jinoyat ishi doirasida bir qator shaxslar, shu jumladan, 'Surxondaryo avtotexxizmat' MCHJ rahbari B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi 'a' bandi va boshqa moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, qamog‘ga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, — deyiladi viloyat prokuraturasi axborotida.
 
Qo‘shimcha qilinishicha, dastlabki tergovda aniqlangan zararlarni undirish maqsadida, ayblanuvchi shaxslarning nomidagi mol-mulklari xatlangan. Ammo “Surxondaryo avtotexxizmat” MCHJga tegishli bino va inshootlar xatlanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Termizda avtosalon rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamog‘ga olingani ma’lum bo‘ldi
ePN