23:12 / 01.06.2023
65

Ota-ona yonida bo‘lish - farzandlar uchun eng katta baxt!

Ota-ona yonida bo‘lish - farzandlar uchun eng katta baxt!

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida oilalar yarashtirildi. Farzand uchun ota-onaning yonida katta  o‘lish katta baxt. Afsuski, bugungi kunda ba’zi voyaga yetmagan farzandlar, oilalarning ajralishi sababli qalbi yarmi, ko‘ngli o‘ksik.

Ana shunday oilalarni yarashtirishda Majburiy ijro byurosi ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xususan, Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.Abdullayevdan undiruvchi D.Abdullayeva foydasiga, shuningdek Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Abdunabiyevdan sobiq turmush o‘rtog‘i M.Abdunabiyeva foydasiga farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash haqidagi ijro ishlari mavjud edi.

Davlat ijrochilari, A.Ibragimov hamda Z.Bekmuratova tomonidan olib borilgan tushunutirish ishlari natijasida savobli ishga qo‘l urildi, ya’ni oilalar yarashtirilib, farzandlar ota va onasi bag‘rida yashash baxtiga erishildi.

1-iyun Xalkaro bolalarni himoya kilish kunida oilalarning yarashtirilishi, ushbu oilalarda tarbiya topayotgan farzandlar uchun xam munosib sovg‘adir. Zero to‘liq oilada kamol topish farzandlar uchun bir baxt!


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota-ona yonida bo‘lish - farzandlar uchun eng katta baxt!
ePN