23:30 / 01.06.2023
98

Bolalar huquqlari doimo e’tiborda!

Bolalar huquqlari doimo e’tiborda!

Yurtimizda bolalarni jon dilidan yaxshi ko‘rmaydigan, ularni suyib erkalamaydigan oila bo‘lmasa kerak. Mamlakatimizda bolalarning huquq va manfaatlari hamda ularning himoyasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Bolalarning ushbu kafolatlangan huquqlarini ta’minlashda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga qadar Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasining hududiy bo‘limlari ish yurituvidagi 14.989 tadan ortiq aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan. Xususan, 1.586 tadan ortiq ijro hujjatlari tamomlanib, voyaga yetmaganlar foydasiga 33,8 mlrd. so‘mdan ortiq aliment pullari undirilishi ta’minlangan.

Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining qarzdor R.Galyanovdan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan Majburiy ijro byurosi Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor R.Galyanov bilan suhbat o‘tkazilib, unga Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi 808-sonli Qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilishi natijasida hamda undiruvchi D.Raximovaning roziligi asosida 1 nafar farzandini 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblangan 75 mln. so‘m aliment puli qarzdor tomonidan to‘liq to‘lab berildi.

Shu bilan birga, boshqarmaning xududiy bo‘limlari tomonidan 241 ta darz ketgan oilalar yarashtirilib, farzandlar ota-ona qarmog‘iga qaytarilgan. Zotan, bolalar – oilaning quvonchi, davlatimizning umidi va kelajagidir.

Aziz bolajonlarimizni 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Farzandlarimizning kulgusi musaffo osmonimizda baralla yangrasin, beg‘ubor niyatlari, albatta, ushalsin!


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalar huquqlari doimo e’tiborda!
ePN