21:30 / 02.06.2023
809

Jizzaxda 9-qavatdan o‘zini tashlagan 18 yoshli qizning yonidan xat topildi

Jizzaxda 9-qavatdan o‘zini tashlagan 18 yoshli qizning yonidan xat topildi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 18 yoshli qiz yuqori qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi. “Markaziy studiya” dasturida xabar berilishicha, qizning yonidan xat topilgan.
 
Mazkur holat 1 iyun kuni soat 12:30 larda Sharof Rashidov tumanining “Zargarlik” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarda sodir bo‘lgan. Voqea guvohi bo‘lgan ayolning so‘zlariga ko‘ra, marhuma o‘zini tashlashidan oldin ushbu uylar atrofiga bir necha marotaba kelib ketgan.
 
Soat 12:00 larda bu qiz kelib, dom tomonga ketdi. Domimiz besh qo‘ldek ko‘rinib turadi. Qarab o‘tirgan edim: o‘rangani uchun tepadan katta bir qush kabi tez tushdi. Yerga tarsillab tushganidan keyin bu odam ekanini bildim. Men qush kelyapti deb o‘ylabman. Atrofdan shovqin eshitildi. Voqea joyiga yugurib bordim. Qo‘lini ushladim, ko‘zini ko‘rdim. Cho‘ntagida pullari va xati bor ekan. Xatini olib ketishdi. Xatida “o‘zim uchun o‘zim javob beraman”, degan sarlavhalari bor ekan. Shuningdek, “ukamni yaxshi ko‘raman”, degan yozuvlar ham bor edi”, — deydi voqea guvohi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 9-qavatdan o‘zini tashlagan 18 yoshli qizning yonidan xat topildi
ePN