19:53 / 05.06.2023
170

Nukus voqealarida ayblangan 8 nafar sudlanuvchi qamoqdan ozod etildi

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Nukus voqealarida ayblangan 8 nafar sudlanuvchi 5-iyun kuni sud hukmi bilan ozod etildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Oliy sudda 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga oid jinoyat ishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston sudi tomonidan 2023-yil 31-yanvarda chiqarilgan hukm ustidan 16 nafar sudlanuvchi va ularning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatlar hamda prokuratura tomonidan hukmning 4 nafar sudlanuvchiga oid qismiga nisbatan keltirilgan protest asosida mazkur jinoyat ishining ushbu shaxslarga oid qismini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish tugallanib, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining ajrimi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Oliy sud sudyasi A. Bekmanov raisligida hamda sudyalar S. Mamadaliyeva va A. Utayevdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

Oliy sudning 2023-yil 5-iyundagi ajrimiga muvofiq Qoraqalpog‘iston sudining hukmi quyidagicha o‘zgartirildi: 

— hukmning marhum P.Shamshetovga jazo tayinlashga oid qismi bekor qilindi. Shu bilan birga vafot etgan P.Shamshetovga tegishli bo‘lgan Nukus shahridagi J.Seitova ko‘chasida joylashgan 32-uy Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlovdan chiqarilib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 47 va 65-moddalari qo‘llanilgan holda marhumning merosxo‘rlariga qaytarilishi belgilandi. B.Kadirbergenov, S.Medetov, B.Seytniyazov, Q.Seytimov, P.Nurniyazov, S.Kalimov, N.Sultamuratov, A.Temirxanov va ularning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatlar qanoatlantirildi. Bunga ko‘ra

  • B.Kadirbergenovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  • B.Seytniyazovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  • S.Medetovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  • Q.Seytimovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  • P.Nurniyazovga tayinlangan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  • S.Kalimovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  • N.Sultamuratovga tayinlangan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 3 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  • A.Temirxanovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi.

Ularning ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan har bir kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan ozodlikni cheklash jazosining bir kuniga tenglashtirilib, tayinlangan jazodan chegirilib, barchasi sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

D.Djiyemuratov, N.Nayipov, R.Bekmuratov, S.Kaipov, A.Tokimbetov, A.Adilbekov va ularning himoyachilarining shikoyatlari qisman qanoatlantirildi. Bunga ko‘ra

  • D.Djiyemuratovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil;
  • A.Tokimbetovga tayinlangan 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil 6 oy;
  • A. Adilbekovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil;
  • N.Nayipovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4 yil;
  • R.Bekmuratovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil;
  • S. Kaipovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga keltirildi.
  • Birinchi instansiya sudi hukmining L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan keltirilgan prokuror protesti rad qilinib, ularga tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. 

D. Tajimuratov va uning himoyachilarining shikoyatlari qanoatlantirilmasdan, sud hukmining unga oid qismi esa o‘zgarishsiz qoldirildi. Shuningdek, sud Konstitutsiyaning 47 va 65-moddalari talablarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llagan holda jinoyat ishi bo‘yicha keltirilgan zararlarni qoplash maqsadida xatlangan A. Turdanov, A. Smetullayev, N. Nayipov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, Q. Seytimov, A. Adilbekovga tegishli mol-mulklar Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlovdan chiqarilib, egalariga qaytarilishi belgilandi.Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukus voqealarida ayblangan 8 nafar sudlanuvchi qamoqdan ozod etildi
ePN