15:04 / 07.06.2023
151

Qo‘riqlash xizmati xodimi ishga tiklandi

Qo‘riqlash xizmati xodimi ishga tiklandi
Har bir fuqaro mehnat qilish, dam olish va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq huquqlari buzilganda sudga murojaat qilishga haqli.
 
 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 111-moddasining 1-qismiga ko‘ra, mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy  ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishga tiklanishi lozim. Shuningdek ushbu kodeksning 112-moddasining 1-2 bandlariga muvofiq, ishga tiklanganda ish beruvchiga  xodimga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatilishi belgilangan.
 
Majburiy ijro byurosining Mirzaobod tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 27.03.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan da’vogar A.Bayturayevni “BEK CLUSTER” MCHJ QK Qo‘riqlash xizmati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga ishga tiklash to‘g‘risidagi 31.03.2023 yilda kelib tushgan ijro hujjati bo‘yicha da’vogar A.Bayturayev ishga tiklandi.
 
Shuningdek, qo‘llanilgan ijro yig‘imlari undirilib, ijrosi to‘liq ta’minlandi shuningdek ijro hujjati 03.05.2023 yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘riqlash xizmati xodimi ishga tiklandi
ePN