
Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati
Samarqandning Urgut tumanida Cobalt yuk mashinasiga urilishi oqibatida haydovchi va uch nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 8 iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani “Omonqo‘ton” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1121-kilometrida yuz bergan.
Cobalt haydovchisi mashinani Urgut—Qarshi yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelib, boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan “KamAZ” yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Cobalt haydovchisi va 3 yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, “KamAZ” haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati
Mazkur holat yuzasidan 8 iyun kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
SamarqandUrgut TumanCobalt YukKamAZ YukJinoyat KodeksiVafot Etgan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar