
Foto: Dunyo
Kecha Indoneziya vitse-prezidenti Ma’ruf Amin Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, TIV rahbari o‘rinbosari Bahrom A’loyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Indoneziya delegatsiyasi tarkibidan yuzga yaqin vazirliklar, idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, tadbirkorlar o‘rin olgan. Besh kunlik tashrif davomida Indoneziya delegatsiyasi O‘zbekiston hukumati, vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazadi, ularda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, Indoneziya delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurib, u yerda Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi bilan yaqindan tanishadi, viloyat va shahar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar