23:26 / 13.06.2023
268

“Snos”ga tushgan 5 ta do‘kon uchun kompensatsiya to‘lab berildi

“Snos”ga tushgan 5 ta do‘kon uchun kompensatsiya to‘lab berildi
Sifatli xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan, zamonaviy qiyofadagi savdo majmualarinin qad rostlashi barchani xursand etadi. Biroq, bu xursandchilik o‘zgalar qayg‘usi evaziga barpo etilmasligi kerak. Shuning uchun ham yurtimizda “barchasi inson qadri uchun” tamoyili asosida qonun hujjatlari ishlab chiqilyaptiki, ularda inson manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
 
Andijon shahridagi “Yangi bozor dehqon bozori”da joylashgan “Mustang grand lyuks” MCHJga tegishli 8 ta savdo do‘koni “snos”ga tushdi. Sababi, dehqon bozorlarini rekonstuksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturi bo‘yicha “Yangi bozor” dehqon bozori hududida rekonstruksiya ishlari olib borilib, do‘konlar buzilgan.
 
5 ta savdo do‘koni bo‘yicha kompensatsiya pullarini olomagach, sudga murojaat qilgan tadbirkorning da’vosi qanoatlantirildi. Qaror ijrosi Byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlariga yuklatildi.
 
Bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilib, tadbirkorga 1 mlrd 199 mln. so‘m pul kompensatsiya tarzida undirib berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Snos”ga tushgan 5 ta do‘kon uchun kompensatsiya to‘lab berildi
ePN