Qashqadaryoda 43ta echkiemarning terisini shilib olgan shaxsga jazo tayinlandi

Jamiyat1 daqiqa o'qish403
Qashqadaryoda 43ta echkiemarning terisini shilib olgan shaxsga jazo tayinlandi
Qashqadaryoda 43ta echkiemarning terisini shilib olgan shaxsga jazo tayinlandi
Qashqadaryo viloyati ekoboshqarmasi hamda IIB xodimlari tomonidan 2023 yilning 14 iyun kuni Kasbi tumanida o‘tkazilgan tadbirda mahalliy fuqarolardan birining yashash xonadonidan O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan bo‘z echkiemarlarni tutqunlikda saqlash holati aniqlangan.
 
Surishtiruv-tekshiruv ishlari natijasida ushbu shaxsning jonzotlarni vaxshiylik bilan o‘ldirib, terisini shilib olayotgani aniqlangan. Uning xonadonidan tutqunlikda saqlanayotgan 20 ta echkiemar va 43 ta echikiemarning terisi topilgan.
 
Mazkur holat bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.I.dan 20 ta tirik echkiemar va 43 ta echkiemarning terisi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
 
Ushbu holat bo‘yicha tegishli tartibda huquqbuzarga hayvonot dunyosiga yetkazilgan jami 311 mln 850 ming so‘m zarar hisoblanib, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.
 
Tirik qolgan 20 ta bo‘z echkiemar o‘zining yashash muhiti bo‘lgan Muborak tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?