
Katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan oila vakillari "Baxtli bo‘laman”, degan yaxshi niyat bilan bir yostiqqa bosh qo‘yadi. Afsuski, ishonchsizlik bilan qurilgan ayrim oilalar o‘zlarining baxt manziliga yetib borolmay, o‘zaro kelishmovchilik bir-birini tushunmaslik oqibatida yarim yo‘lda qolib ketadi.
Atrofimizda oilaviy ajrimlarning ko‘payganligidan ko‘proq xali o‘zligini anglab yetmagan ota-ona mehriga zor murg‘ak qalb egalari aziyat chekadi.
Eng achinarlisi farzandlarining taqdiriga befarq ayrim ota-onalar hattoki sud qarori bo‘lsada aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotganlar ham yo‘q emas.
Kuni kecha Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman bo‘limi binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sud jarayonlarida aynan o‘zi dunyoga keltirgan farzandlarining ta’minotidan bo‘yin tovlagan 4 nafar otalarning ishi ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilindi.
Ochiq sud majlisida tumanda yashovchi Zaynura Rajabova turmushidan ajralib, bir nafar voyaga yetmagan o‘g‘lini yolg‘iz o‘zi tarbiyalab kelayotganligini va sobiq turmush o‘rtog‘i bolasini xolidan ham xabar olmasligini takidlab aliment pulini undirib berishlarini so‘radi. Shundan so‘ng, mas’ulyatsiz otaning ham so‘zlari tinglanib, turli xil bahona-vajlar bilan aliment to‘lashdan bosh tortgani uchun 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi taynlandi.
Sayyor sud majlisiga taklif etilgan yana bir qarzdor ota ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun jami 28 million so‘m aliment qarzdorligini to‘lab berishi lozim edi. Qarzdor ota turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib 100 million so‘m aliment pulini sud jarayonida to‘liq to‘lab berdi va jazodan ozod qilindi.
Xulosa qilib aytganda voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment to‘lovlaridan bosh tortishdan avval barcha ijobiy va salbiy jihatlarni o‘ylab ko‘ring. Unutmang, bu ota yoki onaning emas, balki bolaning haqqidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar