22:05 / 17.06.2023
96

O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Eronga boradi

O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Eronga boradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy taklifiga binoan 18 iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
 
Davlat rahbari Tehron shahrida Raisiy va Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomanaiy bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.
 
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni hamda ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
 
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti ushbu mamlakat yirik ilm-fan va ishlab chiqarish muassasalarining mahsulotlari namoyish etiladigan «Eronning innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari» nomli ko‘rgazmaga tashrif buyuradi.
 
Tashrif doirasida har tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Eronga boradi
ePN