00:03 / 20.06.2023
84

Korxonadan 12 nafar fuqaroning 107 mln. so‘m ish haqi undirib berildi

Korxonadan 12 nafar fuqaroning 107 mln. so‘m ish haqi undirib berildi
Korxonada faoliyat yuritayotgan ishchilarning ishlashdan birinchi maqsadi iqtisodiy jihatdan naflanishi, ya’ni ish haqi olishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 154-moddasida Ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashi shartligi belgilangan.
Biroq, ayrim korxona rahbarlari xodimlarni ishlatib, ularning ish haqini berishga kelganda turli xil vajlar keltiradi. Vaholanki, mazkur ish haqiga ro‘zg‘orini tebratayotgan ishchilar ta’minoti aslida birinchi o‘rinda turishi lozim.
 
Byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 12 nafar fuqarolarining “JTTX” korxonasidan hisoblangan, lekin to‘lanmagan 107 mln. so‘m ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqida sud buyrug‘i kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Olingan so‘rovlar natijasiga ko‘ra korxonaga tegishli «GAZ 330232 240» rusumli transport vositasi xatlanib, elektron-onlayn auksionlarida 155 millionga sotildi.
Sotuvdan tushgan puldan birinchi navbatda korxona ishchilarning ish haqlari to‘liq to‘lab berildi. Ortgan puldan korxonaning ijro hujjatlari bo‘yicha boshqa qarzdorliklari undiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxonadan 12 nafar fuqaroning 107 mln. so‘m ish haqi undirib berildi
ePN