
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
19 iyun kuni Toshkent shahri, Yangihayot tumani, «Yangi Darxon» mahallasi, Navo ko‘chasida joylashgan ko‘pqavatli uyda yong‘in chiqdi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) xabariga ko‘ra, yong‘in haqida ma’lumot soat 20:29 da kelib tushgan. Shundan so‘ng, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 20:38 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 20:56 da o‘rab olingan va soat 20:59 da o‘chirilgan.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1671006720934694914?s=20]
Hodisa oqibatida jismonan jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Rasmiy xabarda yong‘in oqibatida 15-qavatdagi xonadonda 5 kv.m maydonda ko‘rpa yonib zararlangani aytiladi. Internetda tarqalgan videolarda esa ko‘p qavatli uyning 15-qavatidagi yong‘in 16-qavatga ham o‘tganini ko‘rish mumkin.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar