15:28 / 05.07.2023
249

Surxondaryoda ota va bola kuchukchani ayovsiz kaltaklab keyin so‘yib tashlagan videosi tarqaldi

Surxondaryoda ota va bola kuchukchani ayovsiz kaltaklab keyin so‘yib tashlagan videosi tarqaldi

Videodan lavha

«Mehr va Oqibat» jonivorlarni himoya qilish jamiyatining ma’lum qilishicha, ularga kuchuk bolasining o‘ldirilishi bilan bog‘liq video xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan ota va 1990 yilda tug‘ilgan uning o‘g‘li jo‘jani tishlab o‘ldirib qo‘ygani uchun kuchukchani ham azoblab o‘ldirishgan.

Mazkur shaxslar kuchukni ayovsiz kaltaklagani, so‘ngra so‘yib o‘ldirganini videoga olishgan va itining bolasini bergan kishiga yuborishgan.

«Mehr va Oqibat» jamiyati ichki ishlar xodimlaridan ushbu shaxslarni topib, qonun doirasida jazolashni so‘rashgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda ota va bola kuchukchani ayovsiz kaltaklab keyin so‘yib tashlagan videosi tarqaldi
ePN