20:00 / 14.07.2023
547

Olimlar odam yashay oladigan maksimal haroratni aytdi

Olimlar odam yashay oladigan maksimal haroratni aytdi

Foto: Inside Climate News

Londondagi Rohampton universiteti olimlari odamning yashashi mumkin bo‘lgan yuqori kritik chegara qanday harorat ekanini aniqladi. Bu haqda iflScience xabar berdi.

Mutaxassislar inson yashashi uchun mos bo‘lgan yuqori kritik chegara 40 dan 50 daraja Selsiy oralig‘ida ekanini aytdi. Buni aniqlash uchun tadqiqotchilar har xil harorat va namlikda bo‘lgan hammomga o‘xshash maxsus kameraga chiqqan. Harorat oshishi bilan metabolizm tezligi oshgan, ya’ni 40 daraja haroratda 35 foizga, 50 darajada esa 50 foizga tezlashgan.

Metabolik jarayonlar odatdagi haroratga qaraganda ko‘proq energiya talab qiladi. Bundan tashqari, issiqlik yurak va qon tomirlarining holatiga juda yomon ta’sir qiladi.

O‘tgan iyun oyi havo harorati bo‘yicha eng issiq oy bo‘ldi. Iyul ham o‘z rekordini o‘rnatishi xavfi bor. AQSH janubi va Xitoyning ayrim qismlarida, Shimoliy Afrikada iyul oyida harorat 50 darajagacha ko‘tarildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar odam yashay oladigan maksimal haroratni aytdi
ePN