20:36 / 19.07.2023
68

Murosai madora bilan ikki ijro ishi hal bo‘ldi

Murosai madora bilan ikki ijro ishi hal bo‘ldi
Oila qo‘rg‘oniga darz ketishi bilan hamma narsa bo‘lina boshlaydi. O‘rtalaridagi mulkni taqsimlashda er-xotinlar o‘zaro kelishmasa, sud orqali barchasi hal etiladi.

O.Yusupovning turmush o‘rtog‘i ham ajrimdan so‘ng uy-joy va mashinadan ulushini so‘rab sudga murojaat qilgan. Shu bilan birga, bolalari ta’minoti uchun aliment puli ham so‘ragan.

Sud tomonidan turmushi davomida yashagan, umumiy mulki bo‘lgan uyning yarim narxi 85,5 mln. so‘m va “Matiz” avtomashinasining yarim bahosi 21,9 mln. so‘m, shu bilan birga 4,8 mln. so‘m ekspertiza xarajati G.Urmanova foydasiga undirib berilishi belgilangan.

Bundan tashqari, o‘rtalaridagi 2 nafar farzand uchun aliment to‘lovlari ham G.Urmanova foydasiga berilishi ko‘rsatilgan.
Majburiy ijro byurosi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi xodimlari kelib tushgan ijro varaqalari bo‘ycha qarzdor bilan suhbatlashib, ijro harakatlari olib bordi.

O.Yusupov mashina va uy-joyning yarim puli o‘rniga, shuningdek, farzandlari uchun to‘lanadigan aliment pullari evaziga yashash xonadonini sobiq turmush o‘rtog‘iga hadya qilib yubordi.

Natijada, “Matiz” mashinasi erkakka, uy esa ayol nomiga o‘tdi. Murosai madora bilan, ikki ijro ishi birdaniga hal bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Murosai madora bilan ikki ijro ishi hal bo‘ldi
ePN