23:20 / 24.07.2023
149

Qidiruvdagi shaxsning Spark avtomashinasi manzili ham aniqlandi

Qidiruvdagi shaxsning Spark avtomashinasi manzili ham aniqlandi

Oila muqaddas dargoh, unda dunyoga kelgan farzandlar himoyasiz bo‘lib, eng avvalo ota-onaning parvarishi va ta’minotiga muhtoj bo‘ladi. Qonunchiligimizda, bolaning voyaga yetguniga qadar uning ta’minoti, ta’limi va tarbiyasi uchun bevosita ota-ona javobgarligi belgilab qo‘yilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi 07.05.2018 yil kungi qaroriga asosan qarzdor O‘.Sh.dan undiruvchi M.S.foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilgan.

Biroq qarzdor U.Sh. farzandiga aliment to‘lashni xohlamagan va bu harakati uchun ma’muriy jazoga tortilgan.

Ma’muriy qamoq jazoni o‘tab chiqqan qarzdor aliment qarzini to‘lash o‘rniga yashash manzilini o‘zgartirib, aliment to‘lashdan yashiringan va davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan 07.06.2023 yil kuni qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida qarzdor 10.07.2023 yil kuni aniqlanib topilgan va shu bilan birga unga tegishli bo‘lgan “Spark” avtomashinasi ham aniqlanib, qarzdorga alimentdan bo‘lgan 11.800.000 so‘m qarzi to‘lamagan taqdirda avtomashina baholanib savdoga qo‘yilishi yoki unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkinligi tushuntirilgan holda avtomashina jarima maydoniga olib kirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi shaxsning Spark avtomashinasi manzili ham aniqlandi
ePN