22:06 / 25.07.2023
183

Chirchiqda 16 yoshli qiz Spark olib qochib, avtohalokatga uchradi (foto)

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 16 yoshli qiz tanishiga tegishli bo‘lgan Spark’ni olib qochib, avtohalokatga uchradi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 24 yoshli B.O. Toshkent viloyati IIBBga murojaat qilib, unda 15-iyul kuni soat taxminan 23:30 larda boshqaruvidagi Spark’da Chirchiq shahrida tanishining uyiga kelganini, mashinani mazkur uy oldida qoldirib, pult yordamida qulflaganini bildirgan. Shundan so‘ng tanishining xonadonida tunab qolgan, ertasi kuni soat 05:00 larda uy tashqarisiga chiqqan. Shu vaqtda, uy oldida qoldirgan mashinani nomaʼlum shaxs olib qochib ketgan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi, voyaga yetmagan 16 yoshli M.D. (qiz) sodir etgani aniqlandi. U ushbu mashinada Chirchiq shahar “Oktyabr” qo‘rg‘oni tomondan harakatlanib ketayotgan vaqtida svetofor bilan tartibga solingan avtomobil yo‘lida to‘xtab turgan 44 yoshli T.M.ning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt’ning orqa tomonidan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida, gumon qilinuvchi qizdan nima sababdan ushbu jinoyatni sodir qilgani so‘ralganida, u Chirchiq shahar 4-kichik nohiyada joylashgan o‘zining tanishining xonadonida vaqtinchalik yashab kelayotganini va shu kuni uning xonadoniga B.O. kelib uxlab qolganidan foydalanib, unga tegishli mashinaning pulti va kalitini olib, do‘konga borib kelmoqchi bo‘lganini maʼlum qilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqda 16 yoshli qiz Spark olib qochib, avtohalokatga uchradi (foto)
ePN