16:13 / 26.07.2023
50

Slovakiya O‘zbekistonda bioyonilg‘i ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rganmoqda

Slovakiya O‘zbekistonda bioyonilg‘i ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rganmoqda

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Bratislava shahrida Slovakiyaning AZC Group kompaniyasi biznesni rivojlantirish masalalari direktori Richard Sabo bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Richard Sabo AZC Group O‘zbekiston ishbilarmon doiralari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Tomonlar O‘zbekistonda o‘zaro hamkorlikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va bioyonilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi.

Joriy yil sentyabr oyida Richard Saboning O‘zbekistonga amaliy safarini uyushtirish va taklif etilgan loyihalar bo‘yicha mahalliy davlat organlari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

AZC Group 2003 yilda tashkil etilgan. Kompaniya bioyonilg‘i, etanol, ichimliklar, axborot texnologiyalari, yoqilg‘i, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transport (poyezdlar va yuk mashinalari), logistika hamda hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatadigan 30 ga yaqin korxonalarni o‘z ichiga oladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Slovakiya O‘zbekistonda bioyonilg‘i ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rganmoqda
ePN