date
views 163

Jarima sababli, Audi avtomashinasi jarima maydoniga yo‘l oldi

Jarima sababli, Audi avtomashinasi jarima maydoniga yo‘l oldi

Yo‘l harakati qoidalarini buzib, qo‘llanilgan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamasdan kelayotgan fuqarolarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilib, jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIB YHXBning qarorlariga asosan javobgar Sh.Sh.dan davlat foydasiga 12.757.000 so‘m ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, qarzdor Sh.Sh.ga davlat oldidagi majburiyatini bajarishi uchun ixtiyoriy muddat berilgan.

Lekin, qarzdor Sh.Sh. ixtiyoriy muddat ichida sud qarorini bajarishni chorasini ko‘rmaganligi uchun, undiruv qarzdorga tegishli bo‘lgan “AUDI Q7” rusumli avtotransport vositasi Byuro tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, joriy yilning 31 iyul kuni avtotransport vositasini turgan manzili aniqlanib, xatlandi va  jarima maydoniga olib kirildi.

Hozirda “AUDI Q7” avtomashinasini auksion savdoga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda, qarzdorni mavjud ma’muriy jarimalarni to‘lovini amalga oshirishini kutib qolamiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jarima sababli, Audi avtomashinasi jarima maydoniga yo‘l oldi