date
views 377

Bozordagi noqonuniy do‘kon buzdirildi

Bozordagi noqonuniy do‘kon buzdirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, savdo majmualari va bozorlarda belgilangandan tashqari qo‘shimcha savdo joylarini tashkil etish, shuningdek konteynerlar, avtomashinalardan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.

Fuqaro D.A. ham Bo‘ston tumanidagi “Dehqon bozori”ning kirish qismiga noqonuniy savdo do‘koni qurib, 4 yildan ziyodroq vaqt davomida savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan. Shu sababli, Bo‘ston tuman hokimligi ushbu joydagi noqonuniy qurilmani buzdirilishini sud orqali so‘ragan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining ijro varaqasida Bo‘ston tumani “Dehqon bozori” kirish qismiga qurilgan 30 kv.metr yer maydonidagi javobgarga tegishli bo‘lgan qurilmalar buzdirilishi va bo‘shatilgan yer maydoni tuman hokimligi ixtiyoriga qaytarilishi ko‘rsatilgan.

Byuroning Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan qarzdor D.A. ogohlantirilgan bo‘lib, noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda buzilmagani sabab, majburiy ijro harakatlari olib borildi buzdirilishi ta’minlandi.

Bozorlarda savdo qilish qoidasiga amal qilish, hujjatlari rasmiylashtirilgan joylarda savdo qilish yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz holatlarga tushishning oldini oladi.

Byuroning Bo‘ston tuman bo‘limi

davlat ijrochisi Dilshodbek Haydarov

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozordagi noqonuniy do‘kon buzdirildi