date
views 147

Kia mashinasida narkokurerlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Kia mashinasida narkokurerlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Foto: IIBB
Joriy yilning 28 iyul kuni Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida tuman IIO FMB Tezkor-qidiruv xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan maxsus profilaktika tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 36 yoshli erkak boshqaruvidagi KIA K-5 rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtoulov salonida 48 dona izolenta o‘ramida oq rangli kukunsimon modda va 20 dona “Regopen” tabletkalari hamda 6 ta “Zardeks” kapsulasi borligi aniqlandi. Gumonlanuvchi yaqin oradagi IIBga olib kelingan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Suhbat davomida fuqaro ushbu ishni Telegram messenjeri orqali topganini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kia mashinasida narkokurerlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi