Majburiy ijro Byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan qidiruvdagi qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklari turgan joyini aniqlash, ularga qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida mamlakat bo‘ylab samarali va tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida jami 270 nafar jismoniy shaxslar topilishi ta’minlangan.
Hozirda 97 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu shaxslarning 63 nafari Respublika hududida yashirinib yurganligi, 34 nafari esa chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan.
Birgina, joriy yilning iyul oyida 40 nafar jismoniy shaxslar qidirib topildi. Misol uchun, Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro Sh.Egamberdiyev aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelib, yashash joyini o‘zgartirganligi sabali, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qarzdor Toshkent shahri Yashnobod tumanida ekanligi aniqlanib, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushlangan.
Sud tomonidan esa, huquqbuzarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Hozirda, ijro hujjatlari talablarini bajarishdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdor jismoniy shaxslarni qidirib topish borasidagi tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!