Toshkentda yana 8 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

1 daqiqa o'qish267
Toshkentda yana 8 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida 8-avgust kunidan boshlab 71, 74, 97, 114, 121, 124, 126 va 148-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” maʼlum qildi.

O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 71, 74, 97, 114, 121, 124, 126, 148-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida amalga oshirila boshlagandi.

Avtobuslarda “kunlik planlar”ning bekor bo‘lishi

Toshkentda 5-may kunidan boshlab, 5, 11, 18, 19, 37, 44, 67, 77, 83, 136, 139, 142, 72 va 81-sonli poytaxt bo‘ylab harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan. Iyul oyida esa poytaxtdagi 32 ta avtobus yo‘nalishida “kunlik plan” bekor qilingandi.

Brutto-shartnomalar — bu yo‘lovchi tashishni tashkil etish modeli bo‘lib, unda barcha tushumlar shahar budjetining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi va shahar maʼmuriyati yo‘lovchi tashuvchiga yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lovlarni bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib, sifat nazorati ostida o‘tkazib beradi.

Qulay tariflar

Mazkur qaror bilan jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish belgilangan. Gap bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar qo‘llanishi haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan foydalanishda, uning turidan qat’i nazar, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklangan va cheklanmagan tarif rejalari joriy etilishi kutilmoqda. Yo‘nalishlarda yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflar belgilanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?