date
views 120

Bola ta’minotidan qochib yurgan 8 nafar “shovvoz” topildi

Bola ta’minotidan qochib yurgan 8 nafar “shovvoz” topildi

Qarzdan qochgan qiyomatda baribir tutiladi deyishadi. Lekin o‘zining norasida farzandi oldidagi qarzi uchun inson shu dunyoni o‘zida hisob berishga to‘g‘ri keladi.

Byuroning Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman bo‘limi ish yurituvida 20 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan 8 nafar qarzdorlarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, boshqarmaning Qidiruv sho‘basi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada, voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment qarzlari to‘lashdan qochib yurgan 8 nafar qarzdor ota qidirib topildi.

Ulardan 3 nafariga nisbatan Qonunning 47⁴-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamok jazosi tayinlandi, 1 ta holatda Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi. Yana 1 ta qarzdor esa  o‘zaro kelishganligi sababli oilasi tiklanib Qonunning 40-modda 1-qismi bilan ijro hujjati tamomlandi.

Qolgan 4 nafar qarzdordan esa aliment pullarini undirish choralari ko‘rilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bola ta’minotidan qochib yurgan 8 nafar “shovvoz” topildi