date
views 126

O‘zbekiston fuqaroligiga da’vogarlar uchun yangi xizmat ishga tushirildi

O‘zbekiston fuqaroligiga da’vogarlar uchun yangi xizmat ishga tushirildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni olishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratmoqda.

Bundan tashqari, murojaatchilar hududiy imtihon komissiyasining davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

Apellyatsiya imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali beriladi.

Bunday holda, imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida apellyatsiya imtihoni o‘tkaziladi, uning natijasida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

  • Sinov imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyaning qondirilishini rad etish;
  • Sinov imtihoni natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiyani qondirish;
  • Sinov imtihoni natijalarini bekor qilish va takroriy sinov imtihoni o‘tkazilishini tayinlash.

Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellyatsiyaning qoldirilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Talabgor apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston fuqaroligiga da’vogarlar uchun yangi xizmat ishga tushirildi