date
views 76

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvga iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari taklif etilgan.

Davlat rahbari tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida faol tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi