date
views 92

Oilaviy tadbirkorlar besh nafargacha doimiy ishchi yollashi mumkin

Oilaviy tadbirkorlar besh nafargacha doimiy ishchi yollashi mumkin

Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritishni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan subyektlar besh nafargacha doimiy ishchi bilan mehnat shartnomasi tuzishi va yollashi mumkinligi belgilanmoqda. Ayni paytda amaldagi normaga ko‘ra, uch nafargacha doimiy ishchi bilan mehnat shartnomasi tuzish va ularni yollash mumkin.

Bundan tashqari, mazkur qonun loyihasi bilan amaldagi qonunchiligimizdagi bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi cheklov chiqarib tashlanmoqda.

Loyihada ko‘zda tutilayotgan normalar oilaviy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yanada kengaytirishga, yangi ish o‘rni yaratish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi nazarda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oilaviy tadbirkorlar besh nafargacha doimiy ishchi yollashi mumkin