Qarz oldingmi qaytar. Bo‘lmasa qonun orqali undirib olinadi. Bu rad etib bo‘lmas haqiqatni deyarli barcha bilsa-da, baribir “bir gap bo‘lar” qabilida qarzni olib to‘lamay yurganlar ham talaygina.
Byuroning Toshkent viloyati Bekobod shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor G.Abdullayevadan, undiruvchi G.Shodiyeva foydasiga jami 98 mln. 375 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro harakatlari davomida, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli mol-mulklar o‘rganilgan. Natijada qarzdorga tegishli bo‘lgan Lada Vesta avtotranspoot vositasi borligi aniqlangan. Mazkur avtotransport vositasi tegishli tartibda xatlanib, elektron onlayn auksion savdosiga chiqarilgan.
Sotuvdan tushgan pul hisobidan 98 mln. 375 ming so‘m undiruvchi G.Shodiyeva foydasiga to‘liq undirib berilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!