Joriy yil avgust oyining boshlarida telegram ijtimoiy tarmog‘ida Baliqchi tumanida bir qancha fermerlar qarzdor jamiyatdan haqlarini olomayotgani bo‘yicha tuman MIB binosiga kelgani haqidagi video va xabarlar tarqalgan edi.
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi bu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, unda quyidagilarni ma’lum qilgan edi.
Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, Izboskan tumanlararo iktisodiy sudining qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyat hisobidan undiruvchi davlat foydasiga 1.710.184,8 ming so‘m davlat boji hamda tumanda faoliyat yuritayotgan 180 ta fermer xo‘jaliklari foydasiga jami 22.882.117,5 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuroning Baliqchi tuman bo‘limi ish yurituviga 10.07.2023 yilda kelib tushgan bo‘lib, ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatning hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari hamda taqiqlar qo‘yilgan.
Inkasso topshiriqnomalari orqali jami 724.285,9 ming so‘m undirilib, davlat bojidan bo‘lgan qarzdorlikni barataraf etish uchun yo‘naltirilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli 2 ta “LACETTI”, bir dona “LABO” hamda “EQUINOX” rusumli avtotransport vositalariga qidiruv e’lon qilingan.
Bundan tashqari, 09.08.2023 yilda qarzdorga tegishli bo‘lgan tumanning Avesto mahallasida joylashgan 18 xonadan iborat bo‘lgan “ma’muriy bino-inshootlari” ro‘yxatga olinib xatlangan va baholatish choralari ko‘rila boshlangan.
Shundan so‘ng, qarzdor jamiyat fermer xo‘jaliklari oldidagi hamda davlat boji bo‘yicha qarzdorlik summalarini to‘liq to‘ladi.
Ya’ni, 180 ta fermer xo‘jaliklari foydasiga qariyb 23 mlrd. so‘m undirib berilishi ta’minlandi. Hozirda undirilgan pullarni fermer xo‘jaliklarining hisob raqamlariga yo‘naltirish ishlari yakuniga yetmoqda.