Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Bugun, 13 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rasmiylari Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Elchini prezidentning yordamchisi Saida Mirziyova, Administratsiyaning Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov va Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov qabul qilgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash va yoshlar siyosati sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, ikki hafta oldin Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashgan edi.
Uchrashuvdan suratlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar