date
views 386

Olmoqning bermog‘i ham bor

Olmoqning bermog‘i ham bor

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida bankdan 1.124.054,7 ming so‘m kredit qarzdorligi bo‘lgan «F.K.I» MCHJdan garov mulki hisoblangan bino xatlandi.

Xabarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 28.07.2023 yilgi ijro hujjatiga asosan qarzdor «F.K.I» MCHJdan "Milliybank" AJ Farg‘ona viloyat filiali foydasiga jami 1.124.054,7 ming so‘m kredit qarzdorlgini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur ijro ishini yuritish bo‘yicha qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsa-da, ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy bajarmagan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida ijro hujjati bilan undiruvga qaratilgan garov mulki bo‘lgan Farg‘ona shahar Yoshlar MFY Istirohat ko‘chasida joylashgan ikki qavatli bino-inshootlari qarzdorlikni qoplash maqsadida xatlangan.

Hozirda mazkur xatlangan mulkni auksion savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmoqning bermog‘i ham bor