Joriy yilning 26 oktyabr kuni Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi majlislar zalida Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi rahbariyati hamda mas’ul xodimlari bilan “Sud va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish sohasida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Boshqarma boshlig‘i Bekzod Mengliyev, mas’ul tarmoq xodimlar, shuningdek Jizzax viloyati teleradiokompaniya, Jizzax TV telekanali, jurnalist, blogerlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, anjumanda, joriy yilning 9 oy davrida Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan bugungi kunga qadar 58 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchilarga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 1,2 mlrd. so‘m aliment pullari to‘lab berilganligi aytib o‘tildi.
Shu bilan birga profilaktik tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish maqsadida aliment undirish bilan bog‘liq 282 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan, 225 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilindi.
Byuroga aliment undiruvi bilan bog‘liq 3 276 ta murojaat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 2 198 tasi (67 %) qanoatlantirilib, 2022 yilga nisbatan 338 taga yoki 10 foizga kamaytirildi.
“Telegram – bot” orqali 370 ta aliment bo‘yicha murojaatlar tezkorlik bilan 3 ish kunida hal qilindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring