Hozirda dolzarb masalalardan biri - bu ayrim tashkilotlar tomonidan qonunlarga rioya qilinmasdan, ularni qasddan buzgan holda sudgacha yetib borish holatlaridir.
Sud qarorlari ijroga qaratilgach esa, davlat ijrochilari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilsa-da, bu borada ayrim qarzdor tashkilotlar mas’uliyatni his qilgilari ham kelmaydi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Insoft Invest” MCHJdan undiruvchi A.Maxmatmurodovning foydasiga jami 103 mln. 615 ming so‘m miqdorida qarzdorlikni undirish haqidagi ijro ishi yuzasidan Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi davlat ijrochisi O.Malikov tomondan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan barcha qarzdorliklar to‘liq to‘lanib, ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlanishi ta’minlandi.
Jamoliddin Avazov
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
boshqarma bosh inspektori