20:41 / 15.11.2023
107

Farzand ta’minoti uchun bir yo‘la 40 million so‘m

Farzand ta’minoti uchun bir yo‘la 40 million so‘m
Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan otadan farqli o‘laroq farzand taqdirini o‘ylaydigan otalar ham uchrab turadi. Albatta, Byuro organlari tomonidan to‘g‘ri huquqiy tushunchalar beriladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining 29.01.2018 yildagi qaroriga asosan qarzdor F.Sanaqulovdan undiruvchi M.Sanaqulova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining hisobidan aliment undirish belgilangan.

Xususan, Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdor F.Sanaqulovga farzandining kelajagi uchun undiruvchi M.Sanaqulova pulga muhtojligi tushuntirildi. Vaziyatni to‘g‘ri tushungan va o‘z farzandi kelajagiga befarq bo‘lmagan ota qirq million so‘m aliment pullarini farzandining ta’minoti uchun oldindan to‘lab berdi.

Kelgusida M.Sanaqulova tomonidan ushbu pullar farzandining kelajagi uchun sarf qilinsa, ota-onasining orzusidagidek qiz bo‘lib yetishsa ajab emas.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat