Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tumani bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasining qarorlariga asosan qarzdor “M.S.N.” MCHJdan jami 195,3 mln. so‘m undirish belgilangan bo‘lib, ushbu qarorlar Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan jamiyatning manziliga borilib, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan va shu joyning o‘zida jamiyat rahbaridan jami 150 mln. so‘m naqd pul mablag‘lari tegishli tartibda xatlab olingan.
Xatlangan pul mablag‘lari qarzdorning davlat budjeti oldidagi soliq qarzdorligini qoplash uchun AKB “Biznesni rivojlantirish banki” Nukus filialiga topshirildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring