14:00 / 20.12.2023
256

Surxondaryoda to‘lanmagan soliqlar undirilmoqda

Surxondaryoda to‘lanmagan soliqlar undirilmoqda

Soliqlar – milliy iqtisodiyotimizning muhim tayanchi, to‘kin va obod turmushimiz kafolati. Afsuski, ayrim soliq to‘lovchilar qonunchiligimizda belgilangan o‘z majburiyatlarini unutib, soliq qarzlarini to‘lamaslik xolatlari uchramoqda. Joylardagi bunday harakatlar soliqlarni majburiy tartibda undirishga sabab bo‘lmoqda.

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat soliq xizmati organlari xodimlari hamkorligida “mahallabay” asosida ishchi guruhlar tashkil etilib, qarzdor jismoniy hamda yuridik shaxslardan soliq qarzdorliklari undirilmoqda.

Misol uchun, soliq inspeksiyaning joriy yil oktyabr hamda dekabr oyidagi ijro varaqalariga asosan qarzdor "SHARG‘UN KO‘MIR" AJdan jami 3 mlrd. so‘mga yaqin soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingandan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor jamiyatga tegishli 30 dan ortiq avtotransport vositalari, ko‘chmas mulk bino-inshootlariga taqiq qo‘yilib, bankdagi barcha hisob raqamlari band solindi hamda inkasso topshiriqnomalari yuborildi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor jamiyat hisobidan soliq qarzdorligi to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Yana bir misol Termiz shahrida faoliyat yuritib kelayotgan mas’ulyati cheklangan jamiyatlardan biri soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelaganligi sababli bir milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik yuzakag kelgan. Byuroning Termiz shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 500 million so‘mga soliq qarzdorligi undirildi hamda jamiyatga tegishli bo‘lgan 2 ta ko‘chmas mulklari xatlovga olinib, auksion savdolariga chiqarilishi belgilandi.

Viloyatda Byuro organlari tomonidan soliq qarzdorligini undirishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat