21:50 / 22.12.2023
159

Asosiy maqsad undiruv sifatini ta’minlash!

Asosiy maqsad undiruv sifatini ta’minlash!

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Bozorov boshchiligida tijorat banklari hamda Byuroning viloyat tuman-shahar bo‘limlari tomonidan muammoli kreditlarni undirilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Byuroning viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman-shahar bo‘lim boshliqlari va davlat ijrochilari hamda tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Byuro organlari tomonidan amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar va tijorat banklar tomonidan taqdim qilayotgan garov mulklarini auksion savdolariga chiqarishda duch kelinayotgan kamchiliklarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas’ullarning hisobotlari tinglandi hamda undiruvni ta’minlash maqsadida kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan davrda Byuroning Toshkent viloyat organlari tomonidan ish yurituvidagi kredit qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq 30 338 ta 3 trln. 442 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlaridan 21 425 ta 3 trln. 71 mlrd. so‘mligi tamomlangan, shundan, 8 454 ta 1 trln. 516 mlrd. so‘m amalda undirilgan, 8 682 ta 462,3 mlrd. so‘mligi qoldiqda qolgan. 2 707 ta 468,9 mlrd. so‘mlik hujjatlar bo‘yicha mol-mulklar xatlangan, shundan 141 ta 57,1 mlrd. so‘mligi auksionga chiqarilgan.

Mazkur yo‘nalishda nazorat tadbirlari davom etmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat