O‘zbekiston delegatsiyasi Haj-2024 mavsumi uchun yangi loyiha va xizmatlar bilan tanishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 8 yanvar kuni Jidda shahrida Haj va umra xizmatlari anjuman-ko‘rgazmasida muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev bevosita qatnashdi.
Tadbirda dunyoning 80 dan ortiq davlatlaridan vazirlar, muftiylar, haj va umra tadbirlarini tashkil etishga mas’ul Saudiya Arabistonining idoralari va xalqaro kompaniyalar ishtirok etdi. Ko‘rgazma doirasida mehmonxona, ovqatlanish, transport, qurbonlik, Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy loyihalar taqdimot qilindi.
Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia hojilarga o‘tgan yili 20 ta yirik shirkat xizmat qilgan bo‘lsa, bu yil ularning soni 35 taga yetishi, Arofat vodiylarida hojilarga qulaylik yaratish maqsadida jami 5 milliard riyol (1,3 million AQSH dollari) sarflangani, 14 mingdan ortiq tahoratxona qurilgani, o‘tgan yillarda 44 ming nafar ishchi ziyoratchilarga xizmat qilgan bo‘lsa, bu yil ularning soni 120 mingga yetkazilishini bildirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?
Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasiga berildi
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi