Mamlakatda eng kam aholi Sirdaryo viloyatida (914 ming kishi) yashaydi. Bu haqda Statistika agentligi e’lon qilgan press-relizda yozilgan.
Infografika: Statistika agentligi
Ma’lum qilinishicha, respublikasida 2024 yil 1 yanvar holatiga bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 82 kishi to‘g‘ri kelgan. Aholi zichligining eng yuqori ulushi Toshkent shahri, Andijon va Farg‘ona viloyatlariga, eng past ko‘rsatkichlari esa Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelgan.
Infografika: Statistika agentligi
Hududlar bo‘yicha doimiy aholisi soni eng ko‘p hudud Samarqand bo‘lib, viloyatda 4,2 million kishi istiqomat qiladi. Shuningdek, ulushi nisbatan yuqori Farg‘ona viloyatida 4 million kishi, Qashqadaryo viloyatida 3,5 million kishi yashaydi.
Eng kam aholi soni Sirdaryoda bo‘lib, viloyatda 914 ming kishi hayot kechiradi. Navoiy (1 million kishi) va Jizzax (1,5 million kishi) viloyatlarining aholisi ham qolgan hududlarga nisbatan kamligi qayd etilgan.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yil yanvar dekabr oylarida tirik tug‘ilganlar soni 962 ming kishini tashkil etgan. Shundan 480,2 ming nafari shahar joylarda, 481,8 ming nafari qishloqlarda tug‘ilgan.
Tug‘ilishlarning o‘sish sur’ati eng yuqori darajasi Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi 36 million 799 ming 800 nafarni tashkil etdi. Shundan erkaklar soni 18,5 million kishi, ayollar 18,3 million kishiga teng. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?
Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasiga berildi