Foto: Bolalar ombudsmani
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida uning roziligisiz ota-onasi unashtirgan qiz murojaat bilan chiqqan edi. U bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qildi.
Ushbu qizga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan. Himoya orderi berilgan bo‘lsa-da, O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishni davom etgan.
Shu sababli 29 yanvar kuni O.B. bunday harakatlari uchun ma’muriy tartibda ushlanib, bugun, 30 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 206-(1) moddasi (Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin