Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida xotinini tiriklayin tandirga solib, yoqib yuborgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, S.K. S.B. bilan 1990 yilda turmush qurib, u bilan Muzrabot tumani “Oriyat” mahallasida yashab kelgan. Turmushi davomida uch nafar farzandli bo‘lganiga qaramasdan, rafiqasi S.B.ni unga xiyonat qilganlikda ayblab, er-xotinlik munosabatlariga kirishmay qo‘ygani uchun qasddan o‘ldirishni rejalashtirgan.
Rejaga asosan turmush o‘rtog‘i S.B.ning uyda yolg‘iz qolishini kutib, 2023 yil 29 avgust kuni Muzrabot tumani “Oriyat” mahallasidagi uyida u bilan birga yashovchi o‘g‘li S.I. Rossiyaga ishga ketgani, kelini D.M. ota-onasining uyiga ketgani va qizi S.I. shu kuni ertalab soat 05:00 larda Termiz shahriga ketganini bilgan. Uyda turmush o‘rtog‘i oshxonasida tandirga o‘t yoqayotgan vaqtida uning yoniga kelib, S.B.dan jinsiy yaqinlik qilishi haqida yana bir marta so‘rab, undan rad javobini olgan. Shundan so‘ng, uning ko‘krak qafasiga qo‘lining mushti bilan urib, yonib turgan tandirga tiriklayin tashlab yuborgan.
Tandirning ichiga o‘tin va yonishi mumkin bo‘lgan boshqa ashyolarni tashlab, tashqariga chiqib, mazkur jinoiy rejasini oxirigacha amalga oshirish maqsadida oshxonaning eshigini yopib qo‘yib, fuqaro S.B.ni qasddan o‘ldirgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 2023 yil 29 avgustdagi 31-sonli murda ekspertiza xulosasiga ko‘ra, S.B.ning murdasi tanasida, ya’ni bosh, yuz, bo‘yin, ko‘krak qafasi barcha yuzasi, qorin, bel, ikkala dumba, jinsiy a’zolari, oraliq soha, ikkala qo‘l va oyoqlar sohasida 3- va 4-darajali tana yuzasining 100 foiz termik kuygan yaralari kabi tan jarohatlari aniqlangan bo‘lib, ular yuqori harorat, ya’ni alanga ta’sirida yetkazilgani ushbu tan jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohatlari bo‘lib, uning o‘limi sababi bilan bevosita bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddassi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topgan va unga nisbatan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Shuningdek, jazoning dastlabki 3 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin